Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Statistika. Messida bunday yomon ko‘rsatkich bir yildan buyon bo‘lmagan
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatida safar uchrashuvlarida gol ura olmayapti. 16 sentabr kuni argentinalik futbolchi «Xetafe»ga (2:1), 23 sentabr kuni — «Jirona»ga qarshi kechgan (3:0) safra o‘yinlarida gol ura olmagandi. U 14 oktabr kuni Madridda «Atletiko»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan o‘yinda ham maydonni golsiz tark etdi.
Messi bunday noxush seriyani bir yil oldin qayd etgandi. U 2016 yil 30 aprelida «Betis» darvozasini ishg‘ol eta olmagandi (2:0). U shuningdek, 14 may kuni «Granada»ga (3:0), 28 avgust kuni — «Atletik»ka qarshi o‘yinlarda (1:0) gol urmagan.
28 oktabr kuni «Barselona» Primeraning 10-turida «Atletik»ka qarshi o‘ynaydi.
Mavzuga oid
12:00 / 11.03.2026
«Atletiko» 5 ta, «Bavariya» 6 ta gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
11:45 / 04.03.2026
«Barsa» 3 ta javobsiz gol urdi, ammo finalga chiqolmadi
11:47 / 13.02.2026
«Barsa» yirik hisobda yutqazdi, «Arsenal» yana ochko yo‘qotdi
08:49 / 28.09.2025