Jahon | 17:50 / 16.10.2017
4960
1 daqiqa o‘qiladi

Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi, 27 kishi qurbon bo‘ldi

Foto: Reuters

Portugaliya markaziy va shimoliy qismida kuzatilayotgan yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Shuningdek, xabar qilinishicha, kamida 51 inson jabrlangan.

Portugaliya fuqaro himoyasi xizmati matbuot kotibi Patrisiya Gasparning xabar berishicha, mamlakat hududida hamon 145 ta yong‘in kuzatilmoqda, ulardan 32 tasi jiddiy, deb hisoblandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid