Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Suriya bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
Xalqaro hamjamiyat urushdan keyin Suriyaga qanday yordam berish haqida o‘ylashni boshlashi lozim, deya ma'lum qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda Parlamentlararo ittifoq assambleyasida nutq so‘zlab.
«Mening fikrimcha, xalqaro hamjamiyatga davlatning urushdan keyingi tiklanishi haqida o‘ylab ko‘rish vaqti keldi. Mintaqaning bu va boshqa mamlakatlariga yordamni qanday shaklda, hajmda ko‘rsatish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qanday qilib samaraliroq ko‘mak ko‘rsatish, davlat institutlarini mustahkamlash haqida fikrlash vaqti keldi», - deya uning so‘zlarini keltiradi «Interfaks».
Putinning so‘zlariga ko‘ra, parlament va parlamentlararo darajalarda bunday vazifalar muhokama qilishga munosibdir.
Shuningdek, Putinning ma'lum qilishicha, terrorizmga qarshi kurash faqatgina birgalikda va yashirin maqsadlar hamda radikallardan foydalanmagan holda amalga oshirilishi lozim.
«Biz terrorizmga qarshi ikkilamchi standartlarsiz, yashirin maqsadlarsiz, radikallardan foydalanmagan holda va, albatta, faqatgina sa'y-harakatlarni birlashtirib kurash olib borish kerakligiga ishonch hosil qilganmiz», - deya ma'lum qildi u.
Uning ta'kidlashicha, Rossiya bir necha marotaba ushbu maqsadda keng xalqaro koalitsiya yaratishga chaqirgan va terror bilan kurashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim, deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026