Shavkat Mirziyoyev 17 yoshli xorazmlik qizga Spark sovg‘a qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Urganch shahridagi Yoshlar markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, deb xabar beradi O‘zA.
«Biz bu kabi zamonaviy inshootlarni ko‘plab qurishimiz mumkin. Lekin uning ichida qanday ta'lim-tarbiya olish, hunar o‘rganish siz yoshlarning intilish va tashabbuslaringizga bog‘liq. Xorazmlik yoshlar bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak», dedi davlat rahbari.
Shuningdek, Prezident turli sabablarga ko‘ra to‘g‘ri yo‘ldan adashib qolgan yoshlarni sog‘lom hayotga qaytarishda ularning tengdoshlari yordam berishi kerakligini qayd etdi. Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev viloyatning bir guruh faol yoshlari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Ular orasidan 17 yoshli sportchi Shirinoyga davlat rahbari Spark rusumli avtomashinani sovg‘a qildi.
Shironoy oddiy oila farzandi. Otasi quruvchi, onasi esa uy bekasi. Oiladagi e'tibor tufayli 10 yildan buyon sportning karate turi bilan shug‘ullanib keladi. 2012 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan jahon kubogida 2ta oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2013 yilda esa Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida ham mutlaq g‘olib bo‘lgan. U bugungi kunda 3 karra jahon chempioni degan yuksak nom egasi.
Mavzuga oid
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
10:50 / 28.10.2024
Xorazmda ayrim loyihalar uchun Polsha texnologiya va investitsiyalari jalb qilinadi
13:38 / 19.10.2024
Toshkent viloyatida qo‘ylarni urib yuborgan “Spark” yonib ketdi
16:26 / 16.10.2024