Jahon | 07:45 / 16.10.2017
8415
1 daqiqa o‘qiladi

Somalidagi terakt qurbonlari soni 276 nafarga yetdi

Foto: FreeImages.com

Somali poytaxti Mogadishoda sodir etilgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni oshdi. Bu haqda Somali federal hukumati axborot vaziri Abdurahmon Umar Osmon tvitterda ma'lum qildi.

"Ash-Shabob"ning vahshiy hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 276 gacha va jarohatlanganlar soni 300 gacha yetdi", deb yozgan amaldor.

Avvalroq 231 kishi halok bo‘lgani va 275 kishi yaralangani ma'lum qilingandi. 

Terakt 14 oktabrda shaharning Xodan tumanidagi mehmonxona yonida sodir etilgan. Portlovchi moddalar bilan yuklangan yuk mashinasi portlatilgan. Birorta terrorchilik guruhi ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan, biroq hukumat teraktni sodir etishda "Ash-Shabob" terrorchilik guruhini ayblamoqda.

Mavzuga oid