O‘zbekiston | 10:00 / 16.10.2017
14761
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrini yaxshilash uchun 50 million dollar ajratiladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30 sentabrdagi qarori bilan Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi tashkil etilgani xabar qilingandi.

Poytaxt hokimiyatining Jamg‘armaga dastlabki hissasi O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 50 mln. AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobidan shakllantiriladi, u Milliy bank orqali qayta moliyalashtiriladi. Kredit 5 yil muddatga, shu jumladan, imtiyozli 2 yillik davrni hisobga olgan holda taqdim etildi. 

Olingan kreditdan aholi farovonligini oshirish, suv ta'minoti va kanalizatsiya masalalarini hal qilish, mahallalarning ichki yo‘llarini ta'mirlash, ijtimoiy obektlarning moddiy-texnika bazasini qurish va mustahkamlash, ijtimoiy soha xodimlari uchun xizmat uylarini barpo etish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid