Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangi jamg‘arma tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 30 sentabr kuni “Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni chiqardi.
Hujjat bilan Toshkent shahar hokimligining «Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi»ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Quyidagilar Jamg‘armaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib hisoblanadi:
Toshkent shahar hokimligi hamda uning ta'sischiligida tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning ajratmalari;
davlat, chet el va xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratiladigan grantlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliyaviy institutlar va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
Toshkent shahar infrastrukturasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, mahalliy ichki yo‘llarni ta'mirlash;
ko‘p qavatli turar joylarni umumfoydalaniladigan qismini ta'mirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;
Toshkent shahrida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga kompensatsiya to‘lash va ular uchun ko‘p kvartirali uylarni qurish;
kam ta'minlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olinishida boshlang‘ich badalni qisman yoki to‘liq qoplab berish hamda maishiy texnika vositalariga bo‘lgan birlamchi ehtiyojni qondirish;
mahalla fuqarolar yig‘inlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mahallalar hududida kutubxonalar tashkil etish hamda badiiy va boshqa adabiyotlar bilan boyitish.
Qaror bilan Toshkent shahar hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasini shakllantirish hamda uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlatish vazifasi topshirildi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:57 / 04.07.2026
Baliqchilikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi
17:37 / 04.07.2026