Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:43 / 16.10.2017
9261
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp keyingi saylovlarda Hillari Klinton ishtirok etishiga umid bildirdi
Foto: Wikimedia Commons
AQSh prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida sobiq raqibi Hillari Klinton ishtirok etishini istamoqda. U bu haqda tvitterda ma'lum qilgan.
"Mendan yaqinda qallob Hillari "2020 yilgi saylovlarda ishtirok etadimi?", deb so‘rashdi. Men esa bunga "Umid qilaman" deb javob qaytardim", deb yozgan Tramp.
Avvalroq Tramp Shimoliy Koreyada yadro quroli paydo bo‘lishi uchun javobgarlikni Klinton zimmasiga qo‘ygandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish