Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh elchixonasi G‘anixon Mamatxonovning ozod qilinishiga oid bayonot berdi
Foto: AQSh elchixonasi
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi huquq faoli G‘anixon Mamatxonovning ozod qilinishiga oid bayonot bilan chiqdi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘anixon Mamatxonovning ozod etilishini olqishlaydi. Bu voqea yaqindagina bir necha vijdon tutqunlari ozodlikka chiqarilishidan keyingi yana bir yangilik bo‘lib, u O‘zbekiston hukumati xalqaro inson huquqlarini himoya qilish andozalariga sodiqligini namoyish etuvchi qo‘shimcha ijobiy qadam bo‘ldi”, - deya ta'kidlanadi Qo‘shma Shtatlar elchixonasi bayonotida.
Qayd etilishicha, G‘anixon Mamatxonov 2006 yil qamoqqa olinishidan oldin Farg‘ona vodiysida fermerlar huquqlarini himoya qilib, bolalar mehnatidan foydalanishga qarshi kurashib kelgan.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezident Mirziyoyev olib borayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va inson huquqlari borasidagi islohotlarga bo‘lgan sadoqatni qo‘llab-quvvatlovchi kelgusi qadamlarni kutib qoladi”, - deya yakunlanadi bayonot matni.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi boshlarida AQSh elchixonasi Solijon Abdurahmonovning ham ozod etilishiga oid bayonot bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
23:29 / 04.02.2026
AQSh Eronga hujum qilsa, nima bo‘ladi?
23:24 / 04.02.2026
Trampga suiqasd qilishda ayblangan shaxs umrbod qamoq jazosini oldi
22:14 / 04.02.2026
Ilon Maskning boyligi 800 milliard dollardan oshdi – Forbes
21:14 / 04.02.2026