Jamiyat | 09:00 / 17.10.2017
6756
1 daqiqa o‘qiladi
Eyfel minorasi Somalidagi terakt qurbonlari xotirasiga chiroqlarini o‘chirdi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi dunyoga mashhur Eyfel minorasining chiroqlari Mogadishodagi qo‘poruvchilik qurbonlari xotirasini yod etish munosabati bilan o‘chirildi. Somali poytaxtidagi teraktda 300 dan ortiq inson hayot bilan vidolashgan edi. Bu haqda ABC News Twitter sahifasida ma'lum qilgan.
Avvalroq, Mogadishodagi jinoyatda jarohat olganlar ham 300 dan ortgani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, 14 oktabr kuni Mogadishoda portlovchi moddalar to‘ldirilgan yuk mashinasi portlatilgan. U mamlakat tarixidagi eng yirigi bo‘ldi. Respublika prezidenti Muhammad Abdulloh Muhammad mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qildi.
Mavzuga oid
09:20 / 05.08.2024
Somali poytaxtidagi teraktda 32 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi
21:43 / 21.03.2024
Somali dengiz qaroqchilari yana faollashdi
22:45 / 26.01.2024
Qizil dengizda Somali qaroqchilari ham faollashdi – OAV
23:27 / 10.01.2024