O‘zbekiston | 19:00 / 17.10.2017
63140
2 daqiqa o‘qiladi

Ramzan Qodirov Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

16 oktabr kuni O‘zbekistonga kelgan Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov 17 oktabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Uning Samarqandga tashrifi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish bilan boshlandi. Qabr oldida taomilga ko‘ra, Qur'on tilovat qilindi.

Ramzan Qodirov marhum Prezident Islom Karimov dafn etilgan hududda barpo etilayotgan yodgorlik majmuasi bilan yaqindan tanishgan. Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmalari asosida takomillashtirilayotgan majmuada olib borilayotgan ishlar Checheniston rahbarida katta taassurot qoldirgan.

Ramzan Qodirov Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasini ham ziyorat qilgan.

Foto: Facebook / «Mehrob.uz»

«Mehrob.uz» nashrining Facebook’dagi sahifasida yozilishicha, Ramzan Qodirov tashrif asnosida Imom Buxoriy qabrini ziyorat etar ekan, u kishiga bo‘lgan yuksak ehtiromini izhor etdi. Buyuk alloma qabrlari poyida Qur'on oyatlaridan o‘qilib, duo qilindi. Mehmon majmua tarixi bilan tanishib, dunyo ahli tan olgan buyuk imomga ko‘rsatilayotgan davlat darajasidagi e'tiborni yuksak baholadi.

Majmua yonida bunyod etilayotgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining imkoniyatlari e'tirof etildi

.Mehmonlar tashrif davomida Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, buyuk sahoba Qusam ibn Abbos roziyallohu anhu mangu qo‘nim topgan Shohi Zinda majmuasi va Registon ansamblini ham ziyorat qilishdi.

Mavzuga oid