Shveytsariya 2026 yilgi Olimpiadani o‘tkazishga 1 mlrd dollar sarflamoqchi
Shveytsariya hukumati Sonning 2026 yilgi qishki Olimpiadani o‘tkazish arizasini qo‘llab-quvvatlashini va musobaqalarni tashkillashtirishga 1 mlrd dollar sarmoya qiritishini ma'lum qildi. Bu haqda France Presse axborot agentligi xabar bermoqda.
"Olimpiya o‘yinlari millatning birlashishi va mamlakatning iqtisodiy ivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Shveytsariyada Olimpiadaning o‘tkazilishi sport, iqtisodiyot va jamiyatni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi", deb aytilgan mamlakat sport vaziri bayonotida.
Musobaqalarning o‘tkazilish joylari 4 ta kanton (hududiy birlik) bo‘ylab taqsimlanadi va ular orasida jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Shveytsariya hukumati o‘yinlarga sarflashi mumkin bo‘lgan maksimal mablag‘ miqdori 1 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu qiymatdan 8 mln dollari o‘yinlarni o‘tkazish arizasi byudjyetiga ajratiladi. Uning to‘liq qiymati esa 25 mln dollarni tashkil qiladi.
Avvalroq Shveytsariya Olimpiya qo‘mitasi mamlakat hukumatiga o‘yinlarni moliyalashtirish sarf-xarajatlari 1,91 mlrd dollarni tashkil qilishi haqidagi hisobotni taqdim qilgandi. "Son-2026" qo‘mitasi prezidenti Jan-Filipp Roshning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘yinlarni o‘tkazishga federal byudjyetdan 1,04 mlrd dollar ajratiladi. Shuningdek, Olimpiada 1,39 mlrd dollar foyda keltirishi prognoz qilinmoqda. 16 oktabrda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2026 yilgi Olimpiadani qabul qiluvchi shaharga 925 mln dollar ajratishini e'lon qildi.
2026 yilgi Olimpiada mezboni XOQning 2019 yil iyulda Milanda o‘tadigan 132-sessiyasida aniqlanadi. O‘yinlarni o‘tkazishga arizani 2018 yil 31 martigacha topshirish mumkin. Ushbu Olimpiadani o‘tkazishi mumkin bo‘lgan da'vogar shaharlar orasida Kalgari (Kanada), Olmaota (Qozog‘iston), Sapporo (Yaponiya) va Erzurum (Turkiya) shaharlari bor.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00
-
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi
Jahon | 22:55
-
JSST: Qizamiq qaytdi va bu tashvishli signal
Jahon | 22:14
-
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 22:06
Mavzuga oid

15:21 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Shveytsariya afg‘on muammosi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

17:37 / 21.02.2025
Reuters: Rossiya va AQSh vakillari bir necha oydan beri Shveytsariyada yashirin muzokaralar o‘tkazmoqda

16:53 / 06.02.2025
Shveytsariya «Gulnora Karimova ishi» doirasida musodara qilingan yana 182 mln dollarni O‘zbekistonga qaytaradi

17:44 / 14.01.2025