O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh savdo vaziri o‘rinbosari bilan muzokaralar o‘tkazdi
17 oktabr kuni Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm bo‘yicha qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh savdo vazirining o‘rinbosari Erin Volsh bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida 2017 yil 20 sentabr kuni Nyu-York (AQSh) shahrida AQSh-O‘zbekiston biznes-forumi davomida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekistondagi sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturlarida ishtirok etish uchun Amerika kompaniyalarni jalb etishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini qayd etdilar.
AQShning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalari va ilg‘or texnologiyalari, brendlari hamda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini jalb qilish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekiston va AQSh vakillari ikki davlat o‘rtasidagi rasmiy va biznes aloqalarni kengaytirishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
16:56
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
10:31