17 oktabr kuni Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm böyiça qömitasi raisi Alişer Kurmanov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi AQŞ savdo vazirining örinbosari Erin Volş bilan uçraşdi.
Muzokaralar çoğida 2017 yil 20 sentabr kuni Nyu-York (AQŞ) şahrida AQŞ-Özbekiston biznes-forumi davomida erişilgan kelişuvlarning amalga oşirilişi masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Özbekistondagi sanoat tarmoqlarini rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş dasturlarida iştirok etiş uçun Amerika kompaniyalarni jalb etişdan özaro manfaatdor ekanliklarini qayd etdilar.
AQŞning töğridan-töğri sarmoyalari va ilğor texnologiyalari, brendlari hamda korporativ boşqaruvning zamonaviy uslublarini jalb qiliş muhimligi qayd etildi.
Özbekiston va AQŞ vakillari ikki davlat örtasidagi rasmiy va biznes aloqalarni kengaytirişga kelişib oldilar.











