Jahon | 21:20 / 19.10.2017
19927
2 daqiqa o‘qiladi

Putin dunyodagi geosiyosiy vaziyatga izoh berdi

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Valday" munozaralar klubining yakuniy sessiyasidagi chiqishida dunyodagi geosiyosiy vaziyatga izoh berdi.

Putinning aytishicha, dunyoda muvozanat buzilganda va manfaatlar pisand qilinmaganda, ziddiyatlar xavfli va oldindan aytib bo‘lmas bo‘lib qoladi va shafqatsiz nizolarga olib keladi.

"Birorta xalqaro muammo bunday sharoitlarda va savolning bunday qo‘yilishida hal qilinmaydi", deb aytdi Putin va bunday vaziyatda radikal unsurlar va ekstremistlar erkinlik olishini qo‘shimcha qildi.

Putin buning isboti sifatida Yaqin Sharqdagi vaziyatni misol qilib keltirdi.

"Vaziyatni birgalikda hal qilish, terrorchilik bilan kurash olib borayotgandek ko‘rinmasdan, balki unga haqiqatan ham zarba berish o‘rniga, bizning ba'zi hamkasblar bu mintaqada tartibsizlik surunkali ko‘rinish olishi uchun barcha ishni qilishmoqda. Kimgadir hali ham bu tartibsizlikni boshqarish mumkindek tuyulmoqda", deb aytdi Putin. 

Putin bu siyosatga muqobil siyosat boligini aytdi

"Suriya tajribasi. U o‘ziga ishongan va barbod qiluvchi siyosatning muqobili borligini ko‘rsatdi. Rossiya Suriyaning qonuniy hukumati va mintaqadagi boshqa davlatlar bilan terrorchilarga qarshi kurashmoqda. Xalqaro huquq asosida harakat qilmoqda", deb ta'kidlab o‘tdi Putin.

Uning ta'kidlashicha, Rossiya "bu ijobiy harakatlar"ga osonlikcha erishmayapti, chunki mintaqada qarama-qarshiliklar juda ko‘p.

"Biroq biz sabr qilmoqdamiz. Bu sabr ila, bu jarayonning har bir ishtirokchisi bilan ularning manfaatlarini hurmat qilgan holda har bir qadam va so‘zni tarozi pallasiga qo‘ymoqdamiz. Hamkasblarimiz yaqindagina samaradorligini shubha ostiga qo‘ygan bizning sa'y-harakatlar bugunda umid bermoqda", deb aytgan Putin.

Mavzuga oid