Jahon | 08:44 / 20.10.2017
4585
2 daqiqa o‘qiladi

Avstriyada parlament saylovi natijasi e'lon qilindi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

Avstriya sotsial-demokratik partiyasi mamlakat parlamenti uchun navbatdani tashqari saylov natijasiga ko‘ra, o‘ng millatchi Ozodlik partiyasidan o‘zib ketdi. Ovoz berish byulletenlari sanab bo‘linganidan so‘ng, mazkur partiya 26,9 foiz saylovchining ishonchini qozongani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda. 

Ma'lumki, 15 oktabrda Avstriyada navbatdan tashqari parlament saylovi tashkil etilgandi. 

So‘nggi natijalarga ko‘ra, avvalgi saylovda ikkinchi o‘rinni olgan o‘ng partiya 26 foiz saylovchilar ovozini to‘play olgan. Avstriya xalq partiyasi esa, 31,5 foiz bilan eng ko‘p ovoz olgan partiya bo‘lib qolmoqda. Parlamentdan, shuningdek, NEOS va "Peter Pilts ro‘yxati" partiyalari ham 5,3 hamda 4,4 foizlik ovoz bilan o‘rin olgan. 

Shu bilan yetakchi konservatorlar parlamentda 62 mandatga ega bo‘ladi, sotsial-demokratlar — 52, o‘nglar — 51, "Yangi Avstriya" 10, "Pilts ro‘yxati" — 8 deputatlik kursisini egallaydi.

Milliy kengash tarkibiga jami 183 deputat kiradi. Mamlakat prezidenti Aleksandr Van der Bellen 20 oktabr kuni Xalq partiyasi raisi Sebastyan Kurtsga yangi hukumatni shakllantirish huquqini berishini bildirdi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid