Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bektemir tumanida 3,5 kg marixuana aniqlandi
2017 yil 15 oktabr kuni soat taxminan 11:00 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Kinologiya xizmat iti ishtirokida, “Neksiya” rusumli avtoulov to‘xtatilib tekshirilganda, mazkur avtoulov yo‘lovchisi, 1973 yilda tug‘ilgan B.A.ning yonidan og‘irligi 3 kilogramm 656,4 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
08:26 / 25.06.2026
5 kilogrammdan ortiq gashish, marixuana va minglab dori vositalari aniqlandi
11:45 / 18.05.2026
“Boshim og‘riganda choy qilib ichib turardim” – Qashqadaryoda IIB xodimi uyidan marixuana topildi
09:02 / 26.01.2026
Andijonda yirik miqdorda giyohvandlik vositasi saqlagan shaxs ushlandi
08:22 / 14.11.2025