Jamiyat | 19:10 / 20.10.2017
69776
1 daqiqa o‘qiladi

Milliy bog‘dagi qurilish ishlari davomida inson suyaklari topildi

Foto: KUN.UZ

Bugungi kunda qurilish ishlari olib borilayotgan Toshkentdagi Milliy bog‘ hududida quruvchilar tomonidan inson suyaklari topildi. Bu haqda Nuz.uz xabar bergan.

Milliy bog‘ hududida 13 oktabr kuni poydevor yotqizish uchun chuqur qazilayotgan vaqtda ishchilar inson qoldiqlari – skeletni topishgan. Quruvchilar bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishdi. Suyaklar sud-tibbiy ekspertlari tomonidan tekshirish uchun olib qo‘yildi.

Hozirda tezkor xodimlar topilgan inson suyaklarining kelib chiqish sababini aniqlashmoqda. Huquqni muhofaza qilish idoralaridagi manbaning ma'lum qilishicha, hozirgi paytda tekshiruv o‘tkazilmoqda, uning davomida ekspertlar topilgan suyaklarni tekshiruvdan o‘tkazishadi va hayotdan ko‘z yumgan insonning shaxsini aniqlashga harakat qilib ko‘rishadi. Mutaxassislar o‘lim sababi va vaqtini aytishga hozircha qiynalishmoqda.

Mavzuga oid