Pekinda tuman tufayli e'lon qilingan xavflilik darajasi amal qilishi uzaytirildi
Pekinda quyuq tuman tufayli 19 oktabrda e'lon qilingan xavflilikning zarg‘aldoq darajasi 20 oktabrda ham amal qiladigan bo‘ldi. Bu haqda Xitoy poytaxti meteorologik boshqarmasi saytida ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, shaharning ba'zi hududlarida ko‘rish uzoqligi 200 metrgacha qisqaradi. Shahar rahbariyati aholini yo‘llarda ogoh bo‘lishga chaqirdi. Aeroportlar, temir yo‘llar, avtomobil, parom va boshqa transport xizmatlariga xavfsizlik choralarini oshirish buyurilgan.
Shuningdek, quyuq tuman 20 oktabrda Pekinga olib keluvchi bir qator shosselarning, jumladan Pekin–Honkong-Makao (G4), Pekin–Kunmin (G5), Pekin–Xarbin (G1), Pekin–Taybey (G3) trassalarining yopilishiga sabab bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:47 / 28.10.2024
Foto: Navoiyda bulutsimon tuman hodisasi kuzatildi
13:00 / 09.10.2024
Botqoqlikdan turistik maskanga aylantirilgan daryo. Pekin buni qanday uddaladi?
10:09 / 29.04.2024
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
14:46 / 18.03.2024