Jahon | 18:10 / 20.10.2017
21558
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko hayoti xavf ostida bo‘lganini ma'lum qildi

Foto: UNN

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, chegara razvedkasi saylovoldi kampaniyasi vaqtida uning hayotini saqlab qolgan. Bu haqda UNN xabar bermoqda.

«O‘zimning prezidentlik kampaniyam paytida Luganskda bo‘lgandim. Men Ukraina xavfsizlik xizmatining Izvarino, Dovjanskdagi bosib olingan binosidan 200 metr masofada turgandim. Shuni aytishim mumkinki, chegarachilar, chegara razvedkasi askarlari mening hayotimni qutqarib qolishgan, shuning uchun men bugun shu yerdaman», - deya ma'lum qildi davlat rahbari.

Bundan oldinroq Oliy rada deputati Viktoriya Voytsitskaya huquqni muhofaza qilish idoralari Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenkoning xususiy qarorgohini qo‘riqlashni kuchaytirishgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid