Ro‘ziqul Berdiyev terma jamoa murabbiyi bo‘lgani tasdiqlandi
O‘zbekiston terma jamoasini BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga Ro‘ziqul Berdiyev olib boradi. Bu haqida bugun O‘zbekiston Futbol Federatsiyasida bo‘lib o‘tgan majlisda Umid Ahmadjonov ma'lum qilgan.
O‘FF matbuot xizmatida ta'kidlanishicha, O‘zbekiston terma jamoasi yoshartirilishi munosabati bilan tarkib butkul yangilanmoqda, BAAga qarshi o‘yinda yoshlar sinovdan o‘tkaziladi.
«Biz kelajak uchun istiqbolli rejalar tuzayapmiz. Shu tamoyilga sodiq qolgan holda milliy terma jamoa tarkibini yoshartirish yo‘lidan boramiz.
BAA bilan o‘yin milliy terma jamoa tarkibiga nomzod bo‘lgan yangi yoshlarni saralab olish va ularni sinovdan o‘tkazish imkonini beradi. Jamoani maydonga Ro‘ziqul Berdiyev boshlab tushadi», - degan Umid Ahmadjonov.
O‘FF prezidenti terma jamoaga xorijlik murabbiy taklif qilinishi to‘g‘risida ham ma'lum qilib o‘tgan.
«Biz 20-25 kun ichida milliy terma jamoaga xorijlik murabbiy tayinlanishi haqida aytib o‘tgandik. O‘tgan vaqt ichida bir qancha nomzodlarni ko‘rib chiqdik, lekin, hozircha, bizning talablarimizga javob beradigani chiqmadi. Ammo, izlanishdamiz, muzokaralar olib bormoqdamiz», - degan Umid Ahmadjonov.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan 14 noyabr kuni mehmonda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. O‘yin bo‘lib o‘tadigan stadion va uning vaqti haqida keyinroq xabar beriladi.
Mavzuga oid
18:51 / 21.11.2024
Tahlil. Milliy jamoada «3-4-3»ni qanday ishlatyapmiz?
13:11 / 21.11.2024
We Global Football: O‘zbekiston Osiyodan JCh-2026ga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqish uchun 4-da’vogar
15:20 / 20.11.2024
«Ikki qutbli jamoa». Natija, o‘yin, iste’fo va imkoniyatlar haqida
01:45 / 20.11.2024