Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunchilik palatasi va Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi
Joriy yilning 20 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur bitim tomonlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish hamda xususiy mulkchilik va tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.
Hamkorlik bitimida xususiy mulkchilikni va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ekspert guruhlarini shakllantirish, Qonunchilik palatasida qabul qilinadigan qonun loyihalarining ishlanishi va qabul qilinishi jarayonlariga Savdo-sanoat palatasi vakillarini jalb etish, shuningdek, joylardagi haqiqiy holatni o‘rganishda hamda qonun hujjatlarini nazorat-tahlil tartibida o‘rganishda palata vakillari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib borish ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, tadbirkorlik sohasiga oid qonun loyihalari ishlab chiqilishida qonun loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash bo‘yicha xulosalar Savdo-sanoat palatasi tomonidan taqdim etib borilishi belgilanmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
13:29 / 25.12.2025
Deputatlar qonundan tashqari ishlatilgan 41 trln so‘m xarajatni “yashirincha” tasdiqlab bergan
14:30 / 25.11.2025
Avtomobilni sotishda yurgan masofasini yashirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
15:31 / 19.11.2025