Joriy yilning 20 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi örtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur bitim tomonlar örtasida ijtimoiy şeriklik munosabatlarini rivojlantiriş hamda xususiy mulkçilik va tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli muhofaza qilişga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.
Hamkorlik bitimida xususiy mulkçilikni va tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça ekspert guruhlarini şakllantiriş, Qonunçilik palatasida qabul qilinadigan qonun loyihalarining işlanişi va qabul qilinişi jarayonlariga Savdo-sanoat palatasi vakillarini jalb etiş, şuningdek, joylardagi haqiqiy holatni örganişda hamda qonun hujjatlarini nazorat-tahlil tartibida örganişda palata vakillari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boriş közda tutilgan.
Şu bilan birga, tadbirkorlik sohasiga oid qonun loyihalari işlab çiqilişida qonun loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholaş böyiça xulosalar Savdo-sanoat palatasi tomonidan taqdim etib borilişi belgilanmoqda.











