Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madrid Kataloniya hukumatini hokimiyat tepasidan chetlatdi
Ispaniya vazirlar mahkamasi raisi Mariano Raxoy Kataloniya prezidenti Karles Puchdemon va uning hukumatini lavozimdan chetlatdi. Mintaqada olti oy ichida bo‘yicha muddatdan tashqari saylovlar o‘tkazilishi lozim. Bu haqda El Español xabar bermoqda.
Shu tariqa Madrid Ispaniya Konstitutsiyasining 155-moddasini harakatga keltirdi, u muxtoriyat ustidan vaqtinchalik to‘g‘ridant-to‘g‘ri boshqaruv imkoniyatini beradi.
«Kataloniya muxtoriyati to‘xtatilmayapti, faqatgina hokimiyat tepasidan hukumatni qonun va konstitutsiya doirasidan chiqib ketishga majbur qilgan shaxslar chetlatilmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi bosh vazir.
Raxoyning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora bir necha maqsadlarni nazarda tutadi. Ular orasida – mintaqa hududida konstitutsiya harakatini tiklash, «normal hayot» hamda muxtoriyat bilan avvalgi munosabatlarga qaytish, iqtisodiyotni tiklash va saylovlarni «normal sharoitlarda» o‘tkazish.
Mavzuga oid
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026