O‘zbekiston | 12:30 / 21.10.2017
19974
3 daqiqa o‘qiladi

Oliy ta'lim tizimidagi baholash mexanizmi eskirganmi?

Foto: Fotolia

Tasavvur qiling, marafonda ishtirok etib turgan atletning reytingi turli masofalarda erishgan yutuqlarining o‘rtacha qiymatiga teng bo‘lsa! Atlet uchun ba'zi masofalarni bosib o‘tish qiyin, ayrimlari esa juda oson kechishi mumkin. U esa qiyin musobaqa oldidan reytingini yaxshilab olish maqsadida, bosib o‘tilishi oson bo‘lgan yo‘lkani tanlaydi, qiyinlaridan voz kechadi. Yakunda barcha marafon ishtirokchilari natijasiga qarab mukofotlanadi.

Mana shu ko‘rinishdagi baholash tizimi AQSh talabalarini ilm olishga undab keladi. Hattoki, o‘zini murakkab yuklama fanni o‘zlashtirga duchor qilgan talaba, bu tanlovi uchun «jazoga tortilishi» hech gap emas. Sababi shundaki, birinchi kursda o‘qish uchun «Ingliz adabiyotiga kirish» fanini tanlagan talaba bilan «Qiyosiy adabiy tahlil» predmetini tanlagan talaba bir xil baholash tizimi bo‘yicha ball to‘playdi.

Bu bilan ma'lum soha yuzasidan bilimi bor talaba eng oson predmetlarni tanlayverishi, natijada barcha harakatlar faqat baho uchun bo‘layotganini anglatmaydimi? Aslo! Bu joyda muhim qoida shundaki, talaba har bir semestrda majburiy o‘qishi lozim bo‘lgan fanlar ro‘yxati bor va ular uchtadan kam emas. Ana endi O‘zbekistondagi talabalarni bir necha yillardan beri qiynab kelgan muammoga duch kelishimiz mumkin: tibbiyot yo‘nalishida ta'lim olayotgan talaba oliy matematikani o‘rganishi shartmi?

Shu o‘rinda xohishiy boshqa fanlardan birini tanlash mumkin, hattoki bu tanlov adabiyot, musiqa va notiqlik san'ati bo‘lishi mumkin. Shuning bilan g‘arbda talabalar serqirra, ijodkor va o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lish tarbiyalanadi. Qolaversa, mantiqsiz sabablarga ko‘ra, talabaning baholar yig‘indisi past ko‘rsatkichda bo‘lmaydi.

Xulosa qilishga shoshilmaymiz, balki bu tizimning o‘ziga yetarli kamchiliklari bordir, ammo O‘zbekistonda mavjud Oliy ta'lim tizimidagi talabalarni baholash tizimi ijobiy foyda berayotgani yo‘q.

Mavzuga oid