Jahon | 14:13 / 21.10.2017
7375
2 daqiqa o‘qiladi

Tehron yadro qurolidan muddatsiz voz kechishini kafolatladi

Foto: AP

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Arakchining ma'lum qilishicha, Eron yadro qurolini ishlab chiqish va unga egalik qilishdan muddatsiz voz kechish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajaradi. U bu haqda Moskvadagi tarqatmaslik bo‘yicha anjumanda ma'lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

«Eron hech qanday sharoitda, hech qachon yadro qurolini ishlab chiqmasligi, egalik qilmasligini tasdiqlaydi. Bu Eron tomonidan Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi doirasida olingan doimiy, muddatsiz majburiyat hisoblanadi», - deya aytib o‘tdi Arakchi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv muddati tugagach, Eron yadro bombasini ishlab chiqishga kirishmaydi, Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning (YaQTSh) «normal a'zosi»ga aylanadi.

Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, bu kelishuvning muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi yadro qurolini tarqatmaslikning butun rejimi ish bermasligini bildiradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid