Jahon | 13:15 / 22.10.2017
7109
2 daqiqa o‘qiladi

Argentinaliklar nimani tanlaydi: rivojlanish yoki an'anaviy boshqaruv?

Agentina mamlakatini so‘nggi ikki yil davomida prezident sifatida boshqarib kelayotgan Maukrisio Makri oldida boshlangan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ldi. Bugun, 22 oktabr kuni Argetinada parlament saylovi o‘tkaziladi hamda amaldagi prezident partiyasi jiddiy kurashga kirishishi tayin.

Ishni ko‘zini yaxshi bilgan prezident Makrining partiyasi sobiq prezident Kristina Fernandez va peronistlar qarshiligiga duch kelishi mumkin. Siyosatshunos Serhio Berenshtaynning fikricha, Maukrisio Makri ilk demokratik yo‘l bilan saylangan hamda vazifasini muvaffaqiyatli yakunlagan prezident bo‘lishi mumkin. Uning uchun sakkiz yillik davrda prezidentni qo‘llab turuvchi parlamentariy hozir bo‘lishi lozim. Makri boshlagan iqtisodiy islohotlar, peso valyutasining devalvatsiyasi, eksport soliq stavkalarining pasaytirilishi hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etishga urinishlar samarali foyda bermoqda.

Foto: Maukrisio Makri

Cambiemos (O‘zgartiramiz) partiyasi ana mas'uliyatni anglagan holda kasaba uyushma vakillari, peronistlar bilan hamkorlik qilishi kutilmoqda. Ular hukumatga kelgan paytda, mamlakat milliy valyutasi 40 foizlik inflyatsiyaga uchragan edi, ishsizlik esa 9 foizlik chiziqdan o‘tgandi. Hozir vaziyat o‘zgargan, valyuta inflyatsiya 20 foiz, ishsizlik sur'ati 3 foizni tashkil etmoqda.

Barcha vaziyat kechga yaqin oydinlashadi, argentinaliklar qay tomonni tanlaydi: rivojlanish yoki an'anaviy boshqaruv?!

Mavzuga oid