MRB direktori Shimoliy Koreya yetakchisi "yo‘qolib qolsa" nima bo‘lishini aytdi
AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Maykl Pompeo agar Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In "yo‘qolib qolsa" yoki "to‘satdan o‘lib qolsa" boshqarma o‘zini qanday tutishi haqida so‘zlab berdi. Pompeoning bu haqdagi so‘zlarini South China Morning Post nashri keltirib o‘tdi.
"Kim Chen Inga kelsak, MRB tarixi hisobga olinsa, agar u yo‘q bo‘lib qolsa, men bu haqda hech narsa gapirmayman", deb aytgan MRB direktori Shimoliy Koreya yetakchisi yo‘q qilinsa nima bo‘lishi haqida berilgan savolga javoban.
Pompeo uning boshqarmasi qanday o‘zgarishi va uning vazifalari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
"Biz badjahlroq agentlikka aylanmoqchimiz", deb qo‘shimcha qilgan Pompeo.
Avvalroq Pompeo AQSh Shimoliy Koreyaning raketa zarbasiga tayyor bo‘lishi kerakligini aytgan, biroq AQSh bu xavfni qanday bartaraf etishini tushuntirib bera olmagan.
Mavzuga oid
22:13 / 31.10.2024
Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
23:22 / 17.10.2024
Shimoliy Koreyada chuchxe kalendari bekor qilindi
21:47 / 06.10.2024