AQShda bitiruvchilarga raqamli diplomlar berildi
Massachusets texnologiyalar institutining (MIT) yuzdan ortiq bitiruvchisi sinov loyihasi doirasida bitkoin blokcheynidan foydalangan holda chiqarilgan raqamli diplomlarni olishdi, deya xabar bermoqda CoinDesk.
Diplomlarning «tasdiqlangan» va «soxtalashtirishdan himoyalangan» raqamli versiyasini chiqarish uchun Blockcerts Wallet ilovasi ishlatilgan. Sinov loyihasida o‘tgan yili Massachusetts texnologiyalar institutining Media Lab laboratoriyasi bilan hamkorlikda Blockcerts ochiq standartini ishlab chiqishda ishtirok etgan Learning Machine softver kompaniyasi ham qatnashdi.
«Odamlar institut o‘z faoliyatini to‘xtatsa ham, saqlanuvchi rasmiy ma'lumotlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi», - deya ta'kidlab o‘tdi Learning Machine bosh ijrochi direktori Kris Jagers.
Ta'kidlanishicha, diplomning o‘zi blokcheynda saqlanmaydi – tizimda MIT ma'lum bir sertifikatga raqamli yozuv yaratganini ko‘rsatuvchi vaqt belgisi bo‘ladi, xolos. Shu bilan birga, bu ma'lumotlar universitet bitiruvchilari kelajakda o‘z diplomlari borligini tasdiqlashlari uchun yetarlidir.
Mavzuga oid
22:03 / 22.09.2024
Tramp debat o‘tkazish haqidagi Harris taklifini rad etdi
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024