O‘zbekiston | 19:42 / 23.10.2017
4450
1 daqiqa o‘qiladi

ShHT Oliy sud raislarining XII yig‘ilishi Toshkentda o‘tkaziladi

25 oktabr kuni Toshkent shahrida Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekistonning Oliy sud raislari o‘n ikkinchi Yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida TIV saytida xabar berildi. 

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a'zo davlatlar delegatsiyalari ShHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishadi. 

Yig‘ilish yakunida Qo‘shma bayonot imzolanishi kutilmoqda.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid