Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fanlar akademiyasi akademiklari tanlov asosida saralab olinadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 oktabrdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizom tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016 yil 29 dekabrdagi PF-4907-son Farmonini ijro etish, shuningdek, mamlakat ilm-fani rivojini faollashtirish, xalqaro darajadagi ilmiy natijalarga erishish, fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi ilmiy maktablarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlarda vorisiylikni ta'minlash, olimlar faoliyatini rag‘batlantirish va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zolari institutini mustahkamlash maqsadida qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ikki oy muddatda zarur tashkiliy ishlarni o‘tkazadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizom talablariga qat'iy rioya qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzodlarning tanlov asosida saralanishi va tasdiqlanishini amalga oshiradi.
Belgilab qo‘yilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralashni o‘tkazish muddatlari va sanasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, lekin ko‘pi bilan ikki yilda bir marotaba belgilanadi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.Yo‘ldoshev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta'lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklandi.
Nizomga ko‘ra, fanlar akademiyasi haqiqiy a'zolari (akademiklari) qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadilar.
Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga tanlov o‘tkazish uchun o‘rinlar birinchi navbatda respublika uchun yangi va istiqbolli, xalqaro darajada tan olingan ilmiy maktablari shakllantirilgan ilmiy yo‘nalishlarga ajratiladi.
Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga tegishli fan sohalari ilmiy ixtisosliklari bo‘yicha shakllantirilgan kvotalar miqdori Fanlar akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda 1 noyabrgacha belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq nomzodi ko‘rsatilgan, respublikaning ilmiy tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarida ilmiy faoliyat bilan mashg‘ul olimlar Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzodlar hisoblanadilar.
Bunda Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzodlar ko‘rsatish jarayonida va tanlovning barcha bosqichlarida ularning so‘nggi besh yil mobaynidagi ilmiy faoliyati samaradorligi va natijadorligiga alohida e'tibor qaratiladi.
Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzod quyidagi talablarga javob berishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi va kamida so‘nggi besh yil davomida O‘zbekiston Respublikasida doimiy ishlagan bo‘lishi;
fan doktori ilmiy darajasi va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
ilm-fanning muayyan sohasida ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan, fanni shaxsan o‘zi yoki ilmiy va ilmiy-texnik muammolar bo‘yicha jamoa bo‘lib ishlashda faol ishtirok etish asosida erishgan shaxsiy yutuqlari hamda salmoqli ilmiy natijalari bilan boyitgan olim bo‘lishi;
o‘z yo‘nalishida yangi ilmiy maktab tashkilotchisi va rahbari yoki mavjud ilmiy maktabning rivojida bevosita ishtirok etgan bo‘lishi va bu uning fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari hamda kamida ikki fan doktori (tibbiyot fanlari uchun - kamida uch fan doktori) tayyorlashi bilan tasdiqlangan bo‘lishi;
joriy etilgan ishlanmalarga egaligi yoki u rahbarlik qilayotgan xodimlar jamoasi erishgan fan yutuqlari ishlab chiqarishga joriy etilishida hamda amaliyotda foydalanilishida bevosita ishtirok etgan bo‘lishi;
fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning ilmiy rahbari ekanligi yoki so‘nggi yillarda shu yo‘nalishdagi ilmiy loyihalarga rahbarlikni amalga oshirgan bo‘lishi;
xalqaro ilmiy hamkorlikdagi xalqaro ilmiy loyihalarda ilmiy rahbar bo‘lishi yoki ularning bajarilishida ishtirok etishi.
Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni dastlabki saralash ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari tomonidan tegishli ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashlar yig‘ilishlarida ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Vakolatga ega kvorum - tegishli kengash ro‘yxatga kirgan a'zolari tarkibining majlisda ishtirok etayotgan kamida 75 foizi mavjud bo‘lganda ovoz berishda ishtirok etgan ilmiy yoki ilmiy-texnik kengash a'zolari kamida uchdan ikki qismining ovozini to‘plagan talabgorlar Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzodlar hisoblanadilar.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026