Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mars atmosferasidan raketa uchun yonilg‘i olinishi mumkin
Mars sayyorasini ishg‘ol qiladiganlar kelgusida uning atmosferasidan SO2'ning parchalanish reaksiyasi va uglerod monooksidi hamda kislorod aralashmasidan iborat raketa yonilg‘isini olish uchun foydalanishlari mumkin. Ushbu usul sayyoraga parvoz qilishda yonilg‘i zahiralarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Plasma Sources Science and Technology shunga doir tadqiqot natijalari bilan bo‘lishdi.
Sayyoraning deyarli 100 foizga karbon dioksididan iborat atmosferasi "yonilg‘i zavodi"ni qurish va SO2 dissotsiatsiyasi imkonini beradi. SO2'ning Mars atmosferasi yordamida sovuq plazma bilan dissotsiatsiyasi nafaqat raketa yonilg‘isi komponentlari zahirasiga ega bo‘lish, balki texnologiyaning Yerdagi kimyoviy elementlarni bo‘lish usullarida qanday ishlashini aniqlashga ham yordam beradi.
Marsda yonilg‘i hosil qilish g‘oyasining o‘zi dastavval NASA uchun ilmiy-tadqiqot faoliyat davomida shakllangan. 1990 yilda chop etilgan loyiha muallifi muhandislar Robert Zubrin va Devid Beykerlar bo‘lishdi.
Mavzuga oid
10:15 / 01.07.2026
Qamchiqda yonilg‘i tashuvchi maxsus avtomobil YTHga uchradi
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
09:25 / 24.06.2026
Xavfli deb topilgan yonilg‘i shoxobchalari xavfsiz hududlarga ko‘chiriladi
10:08 / 11.06.2026