Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan yonilği quyiş şoxobçalari va gaz töldiriş inşootlarida avariya hamda noxuş hodisalarning oldini olişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar belgilandi.
Qarorga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari 2026 yil 1 sentabrga qadar xavfsizlik, sanoat va yonğin xavfsizligi, ekologik hamda şaharsozlik normalariga javob bermaydigan yonilği quyiş şoxobçalari va gaz töldiriş inşootlari reyestrini şakllantiradi.
Şundan söng mazkur obektlarni bosqiçma-bosqiç xavfsiz hududlarga köçiriş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqiladi. Qarorda köçirilgan obektlar joylaşgan yer uçastkalariga bölgan huquqlar tadbirkorlar ixtiyorida saqlanib qolişi belgilangan.
Hujjatda, şuningdek, xavfsiz hududlarga köçirilgan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalariga istisno tariqasida gaz tarmoqlariga ulaniş uçun texnik şartlar rasmiylaştirib berilişi nazarda tutilgan.
Mazkur çoralar yonilği quyiş şoxobçalari va gaz töldiriş inşootlarida xavfsizlik talablarini kuçaytiriş, avariyalar xavfini kamaytiriş hamda aholi xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan.

















