Jamiyat | 11:40 / 24.10.2017
6091
2 daqiqa o‘qiladi

“Matiz” avtomashinasiga o‘g‘rilikka tushgan shaxs ushlandi

Shayxontohur tumanida Shayxontohur tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda “Matiz” avtomashinasiga o‘g‘rilikka tushgan shaxsni qo‘lga olishdi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Shayxontohur tumanida 21 oktabr kuni soat 02.50 da, 1982 yilda tug‘ilgan, muqaddam 2015 yilda Sergeli tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning  273-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, Sergeli tumani, Shohruxiya berk ko‘chasida yashovchi I.Sh., A.Sog‘uniy tor Beruniy ko‘chasi 64-uy oldida qarovsiz qoldirilgan, 1976 yilda tug‘ilgan, A.Sog‘uniy tor Beruniy ko‘chasida yashovchi S.B.ga tegishli bo‘lgan «Matiz-Best» avtoulovini old kichik oynasini qo‘li bilan urib sindirib, salonidan moddiy qiymatga ega bo‘lgan narsalarni olmoqchi bo‘lgan vaqtida ichki ishlar organi xodimlari tomonidan ushlanib, jinoyatni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmagan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.B.ga nisbatan Shayxontohur tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Mavzuga oid