Jahon | 11:50 / 24.10.2017
22159
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar bosh miya ishini yaxshilash usulini topdilar

Foto: Fotolia

Kanadadagi Makgil Universiteti va HRL Laboratories tadqiqotchilari o‘rganish qobiliyatini oshiradigan qurilma ishlab chiqdilar. Bu haqda DailyMail nashri xabar bermoqda.

Miyaning elektr stimulyatorini yaratish AQSh Mudofaa vazirligining istiqbollari tadqiqot loyihalari boshqarmasi tomonidan moliyalashtirildi.

Qurilmada miya katta yarim sharlaridagi xotira, e'tibor va qaror qabul qilish kabi funksiyalarga javob beradigan prefrontal qobig‘iga ta'sir qiluvchi doimiy tokdan foydalaniladi. Ishlanmani qo‘llash miyaning turli sohalari orasidagi aloqani oshiradi, bu esa tezroq o‘rganishga yordam beradi. Elektrodlar jarrohlik usullarisiz boshga biriktiriladi.

Qurilma makakalarda sinovdan o‘tkazildi, ular vizual belgilar yordamida ovqat joylashgan yerni aniqlashlari kerak bo‘lgan. Hayvonlarga belgilar va oziq o‘rtasidagi aloqani aniqlashni o‘rganish uchun 22 ta urinish kerak bo‘ldi. Biroq, doimiy tok qo‘llanilganidan so‘ng, ular buni 12 urinishda uddalashdi.

Tadqiqotchilarning umid bildirishicha, ularning usullari ma'qullanadi va faol tarzda, jumladan qurolli kuchlar tomonidan ham qo‘llaniladi.

Mavzuga oid