Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyada chaqiruv bilan harbiy xizmat o‘tash tugatilishiga va'da berdi
Rossiyada vaqti kelib chaqiruv bilan harbiy xizmat o‘tash bekor qilinadi, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz chaqiruv bilan harbiy xizmatdan sekin-asta umuman voz kechishni nazarda tutishimiz kerak", deb aytdi Putin WorldSkills Russia terma jamoasi a'zolari bilan muloqot vaqtida. Ular yangi avlod chempionlariga muqobil xizmat o‘tash huquqini berish mumkin-mumkinmasligi haqida so‘rashgan.
Putin Rossiyada ilmiy rotalar tashkil etilishi haqida eslatib o‘tdi. "Hozir oliy ta'lim muassasalarini bitirgan yosh mutaxassislar uchun texnopark yaratmoqdamiz va ular muqobil xizmat emas, balki haqiqiy harbiy xizmatni eng yaxshi bilim va ko‘nikmalarni qo‘llagan holda o‘tay oladilar", deb qo‘shimcha qildi Putin.
Ayni vaqtda Rossiyada chaqiruv bilan harbiy xizmat o‘tash muddati bir yilni tashkil qiladi.
2012 yil fevralida Putinning "Rossiyskaya gazeta" nashrida qurolli kuchlarning rivojlantirilishi haqidagi maqolasi chop etilgan. U o‘shanda hukumatning maqsadi to‘liq professional armiyani tashkil etish ekanligini yozgan. "Shu bilan birga shuni aniq bilish kerakki, professional armiya – bu qimmat turuvchi armiyadir. Yaqin istiqbol uchun aralash tizimni saqlab qolish qo‘yilgan vazifalar va davlatning joriy imkoniyatlari o‘rtasidagi murosadir", deb aytgan o‘shanda bosh vazir bo‘lgan Putin.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026