Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Rossiyaga to‘qimachilik mahsulotlari «yashil yo‘lak» orqali yetkaziladi
O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida O‘zbekistondan to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berish uchun «yashil yo‘lak» yaratish borasida ishlar olib borilmoqda.
Rossiya Sanoat va savdo vazirligi vakili Yevgeniy Rijovning Toshkentda 23 oktabr kuni boshlangan Xalqaro paxta yarmarkasi doirasidagi majlisda ma'lum qilishicha, bunday «yashil yo‘lak» O‘zbekistondan kulrang va qora importning oldini oladi.
«Biz «yashil yo‘lak» yaratish orqali O‘zbekistondan paxta va to‘qimachilik mahsulotlari noqonuniy importiga chek qo‘ymoqchimiz. Bunday mahsulotlar hajmi hozircha ko‘p», — degan u.
U paxta va to‘qimachilik mahsulotlari uchun bojxona rasmiy jarayonlari maksimal darajada qulaylashtiriladi. Mahsulotlar kerakli joyga, Rossiya to‘qimachilik markaziga aylangan Ivanovo viloyatiga yetib borganidan so‘ng bojxona ko‘rigidan o‘tadi.
Rijov keyingi ikki yilda O‘zbekistondan Rossiyaga to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berish hajmi sezilarli darajada oshganini qayd etgan.
«Endi gap paxta tolasi haqida emas, tayyor mahsulotlar, sifatli mahsulotlar haqida ketmoqda», — deya qo‘shimcha qilgan u.
Mavzuga oid
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
11:30 / 05.01.2026
O‘zbekiston to‘qimachilik eksportida tayyor mahsulotlar yetakchi bo‘ldi
23:25 / 23.12.2025
To‘qimachilikda ishlab chiqarish hajmini 147 trillion so‘mga yetkazish maqsad qilindi
15:34 / 17.12.2025