Milliy statistika qömitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga köra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida Özbekiston xorijiy bozorlarga qariyb 2,3 mlrd AQŞ dollari qiymatida töqimaçilik mahsulotlarini yetkazib bergan.
Qayd etilişiça, mazkur hajm umumiy eksport tarkibida 7,3 foiz uluşga ega.
Eksport qilingan töqimaçilik mahsulotlari tarkibida esa asosiy uluş tayyor töqimaçilik mahsulotlariga töğri kelgan — 52 foiz. Şuningdek, ip-kalava 28 foiz, trikotaj mato 11 foiz, gazlamalar 6 foizni taşkil etgan. Paypoq mahsulotlari 2 foiz, gilamlar esa 1 foiz uluş bilan qayd etilgan.











