Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev kelgusi hafta O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi hukumati matbuot xizmatining xabarida aytiladi.
2-3 noyabr kunlari Dmitriy Medvedev O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan keladi, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hukumat rahbarlari Kengashining majlisida ishtirok etadi, deya ta'kidlaydi Rossiya hukumati matbuot xizmati.
Dmitriy Medvedev O‘zbekiston rahbariyati bilan uchrashadi. Xususan, 2 noyabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Dmitriy Medvedevni qabul qiladi. Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, jumladan, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish, yirik qo‘shma infratuzilma va yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirishni ko‘rib chiqadilar.
Muzokaralar yakunida tomonlar bir qator korporativ, idoralararo va hukumatlararo hujjatlarga imzo chekishadi.
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham qabul qilinadi.
3 noyabr kuni Toshkentda Dmitriy Medvedev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hukumat rahbarlari Kengashining majlisida ishtirok etadi. Majlis davomida 2017 yilning 11 oktabrida Sochi shahrida Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari kengashining majlisida qabul qilingan qarorlarni ishlab chiqishda MDH doirasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Transport qatnovi, mashinasozlik, agrosanoat majmui sohasidagi hamkorlik va boshqa masalalar bo‘yicha fikr almashish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:42 / 11.12.2025
Ekspertlar: Rossiya frontdagi yo‘qotishlarni qoplayapti, qo‘shin soni oshmayapti
23:45 / 07.10.2025
Medvedev: «Yevropaliklar so‘yilishga ketayotgan hayvonday titrasin»
22:39 / 30.09.2025
Tramp yadroviy tahdidlari tufayli Medvedevni «ahmoq odam» deb atadi
11:35 / 04.08.2025