Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Xitoy bilan chegarada nazoratni kuchaytiradi
Hindiston hukumati Xitoy bilan chegarada qo‘shimcha 50 ta post qurib, ularning sonini 176dan 226ga qadar ko‘paytirmoqchi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Rajnatx Singx (Hindistonda chegarachilar IIV tizimiga kiradi – tah.) Hindiston-Xitoy chegarasidan qaytib kelgan harbiy xizmatchilar oldida so‘zlagan nutqida ma'lum qildi.
"Biz o‘zimizning tezkor imkoniyatlarimiz hamda moddiy-texnik bazamizni kuchaytirishga harakat qilmoqdamiz. Yaqinda hukumatning 50ta yangi chegara postini qurish bo‘yicha taklifini oldik, hamda biz buning ustida ishlamoqdamiz", - deya Singxning so‘zlarini keltiradi Times of India gazetasi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy bilan chegarada (uning masofasi 3488 km.ni tashkil etadi) qo‘shimcha to‘rtta batalon – 4 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar joylashtiriladi. Bu qaror har bir post nazorat qiluvchi chegara uchastkalari o‘rtasidagi masofasini qisqartirish, hamda harakatlar muvofiqligini yaxshilashga qaratilgan.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
18:39 / 16.06.2026