Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston BMT XKning Suriya bo‘yicha rezolyutsiyasiga ovoz berishda betaraf qoldi
BMT Xavfsizlik Kengashi Suriyadagi kimyoviy hujumlarni surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha komissiya mandatini uzaytirmadi, deb xabar bermoqda "Xabar 24".
Xabarda aytilishicha, hujjatga Xavfsizlik Kengashining 11 a'zosi ovoz bergan, jumladan uchta doimiy a'zo – AQSh, Fransiya hamda Buyuk Britaniya. Rossiya va Boliviya esa qarshi ovoz bergan. Qozog‘iston hamda Xitoy betaraf qoldi.
Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarovning ta'kidlashicha, Ostona komissiya vakolatlari uzaytirilishi tarafdori, biroq avval 26 oktabrda taqdim etiladigan uning ish faoliyati bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqishni mantiqan to‘g‘ri, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, kimyoviy hujumlarni surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha komissiya mandati 16 noyabr kuni tugaydi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026