Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbarini tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Jinpingni Xitoy Kompartiyasi markaziy qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga qayta saylangani hamda XIX chaqiriqdagi Xitoy kompartiyasi markaziy qo‘mitasining birinchi yalpi majlisi muvaffaqiyatli yakunlangani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrigida «Xitoyda barcha sohalarni modernizatsiyalashtirish bo‘yicha reja e'lon qilinishi mamlakatning barcha tomonlama rivojlanishini ta'minlashiga va Xitoyning iqtisodiy va siyosiy qudratini mustahkamlashiga ishonch bildirgan».
«Birgalikda amalga oshirilgan sa'y-harakatlar tufayli bugun O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar yangi darajaga chiqdi», — deyiladi xabarda.
«Biz gidroenergetika, neft-gaz sohasi, kommunikatsiya tarmoqlari, yuqori texnologiyalar sohasidagi kooperatsiya singari strategik tarmoqlarda istiqbolli loyihalarning amalga tatbiq etilishiga o‘tdik. Parlamentlararo va mintaqalararo aloqalar shiddatli rivojlanmoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda», — qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
14:15 / 21.05.2026
Putin va Si Jinping uchrashuvi. Asosiy tafsilotlar
12:19 / 20.05.2026
«Bir-birimizga yordam berishimiz kerak» – Pekinda Putin va Si muzokaralari boshlandi
19:00 / 17.05.2026