Tojikistonda 9 kishidan iborat guruh IShID g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan
Tojikistonning Xatlon viloyatida yashovchi to‘qqiz kishi IShID terrorchilik guruhining g‘oyalarini targ‘ib qilganlik uchun uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. Viloyat sudi raisining o‘rinbosari Temur Boyzodaning xabar berishicha, sud jarayonida guruhning har bir a'zosi aybi to‘liq isbotladi.
Boshqa manbalardan ma'lum bo‘lishicha, guruh rahbari Fayziddin Shomardonov 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Saidmurod Barotov 18 yilga, Abubakr Sattorov 15 yilga qamaldi. Ikki shaxs 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, guruhning boshqa a'zolari ham uzoq muddatli jazoni oldi.
Xabar qilinishicha, sudlangan shaxslar IShID g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan bir vaqtda, yoshlarni ushbu terrorchilik guruhi safiga yollash bilan shug‘ullanganlar. Tergovda aniqlanishicha, Fayziddin Shomardonov Suriya va Iroqdagi IShID jangarilari bilan doimiy aloqada bo‘lgan, deya aytib o‘tgan viloyat sudidagi manba.
Ma'lum bo‘lishicha, mahkum Abubakr Sattorovning qarindoshlari Tojikiston Oliy sudiga kassatsiya shikoyati berishmoqchi. Uning otasi Fayziddin Sattorovning fikricha, Abubakrga tuhmat qilingan. «Mening o‘g‘lim har doim qonunga bo‘ysunuvchi fuqaro edi hamda Qo‘rg‘on-Tepa shahridagi "Royal Baby" kompaniyasida ishlagan. Hozircha menga sud qarorini berishmadi. Biroq men sud qaroriga qarshi mamlakat parlamentiga shikoyat xati yozib qo‘ydim», - dedi u.
Mavzuga oid
22:55 / 12.10.2024
Tojikiston Ombudsamni migrantlar huquqlari buzilayotgani sababli Rossiya rasmiylariga murojaat qildi
12:00 / 11.10.2024
Tanzila Norboyeva Imomali Rahmon bilan uchrashdi
18:54 / 09.10.2024
Imomali Rahmon MDH faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi
21:15 / 08.10.2024