O‘zbekiston | 12:55 / 25.10.2017
7931
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Amritsar va Istanbulga reyslar sonini oshiradi

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

2017 yilning noyabrida «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Amritsar (Hindiston) va Istanbul (Turkiya) shahriga muntazam parvozlarning qo‘shimcha chastotalarini joriy etishni rejalashtirmoqda.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi 2017 yilning 1 noyabridan Toshkent-Amritsar-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yana qo‘shimcha ikkita muntazam reys chastotasini yo‘lga qo‘yadi.

Reyslar chorshanba va payshanba kunlari zamonaviy A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

16 noyabrdan boshlab, aviakompaniya Samarqand-Istanbul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarning ikkinchi chastotasini joriy etadi.

Parvozlar payshanba kunlari zamonaviy A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid