Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi yuridik xizmat xodimlari malakasini sinovdan o‘tkazdi
Qonun hujjatlari talablariga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Joriy yilning 20 oktabr kuni Surxondaryo viloyati hokimligi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti Zuhriddin Mavlonov, “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi yetakchi yuriskonsulti Rahim Barnoyev, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi yuridik bo‘lim boshlig‘i Sherzod Urinov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zinjiniring” respublika loyiha instituti yuridik bo‘lim boshlig‘i Olga Tsoy, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh yuriskonsulti Saidakram G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi yuriskonsulti Xudoyor Masharipov, “O‘zpaxtaeksport” aksiyadorlik jamiyatining yuridik bo‘lim bosh mutaxassisi Saida Rizayeva hamda “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati bosh yuriskonsulti A'zam Mubarakov Adliya vazirligida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazildi.
Yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, ularning qonun hujjatlarida belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish yuzasidan mas'uliyatini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026