Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev markazida portlash sodir etildi
Foto: Nikolay Tsukur / Facebook
25 oktabr kechki vaqt Kiyev markazidagi "Espresso" telekanalidan chiqish joyida portlash sodir etildi. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va 4 kishi, jumladan Oliy rada deputati Igor Mosiychuk jarohat olgan. Jarohatlanganlar shifoxonaga olib ketilganlar.
Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashenkoning aytishicha, portlovchi qurilma kuchi bir kilogramm trotil ekvivalentini tashkil qilgan va mototsiklga o‘rnatilgan bo‘lgan.

"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, deputatning telekanaldan chiqishi vaqtida u yerga qo‘yilgan mototsikl portlatilgan", deb aytgan Gerashenko.
Portlash vaqtida deputatning 30 yoshli tan soqchisi halok bo‘lgan. Deputatning hayoti xavf ostida emasligi ma'lum qilingan.
"Hozir Mosiychuk shifoxonada qolmoqda. U operatsiya qilinmoqda. Uning hayoti xavf ostida emas", deb ma'lum qilingan Facebook’dagi xabarda.
Portlash terakt sifatida tasniflangan, uni tergov qilish bilan Ukraina xavfsizlik xizmati shug‘ullanadi. Ushbu holat yuzasidan Ukraina JKning 258-moddasi (terakt) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ta'kidlanishicha, voqea joyida tezkor guruh va portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar ish olib bormoqdalar.
Mavzuga oid
14:24
YeI “Drujba” neft quvuri atrofidagi vaziyatni tekshirmoqchi
13:52
Vengriya Kiyevga inkassator mashinalarini pullarsiz qaytaradi
09:47 / 12.03.2026
Norvegiyada AQSh dipmissiyasi yonidagi teraktda gumon qilinganlar qo‘lga olindi
14:48 / 10.03.2026