Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev: Istanbulda 3,5 mlrd. dollarlik 35 ta loyiha imzolanadi
25 oktabr kuni Anqarada O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev hamda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv tashkillashtirildi.
Unda O‘zbekiston rahbarining ta'kidlashicha, bugun Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumida 3,5 mlrd. dollar hajmidagi 35 ta loyiha imzolanadi.
“Albatta, turk tadbirkorlari va mutaxassislarini O‘zbekistonga jalb etishda viza masalasida yengilliklar yaratish muhim o‘rin tutadi. Bu borada yaqinda alohida qaror qabul qildik. Bu katta ishimizning boshlanishi. Shunday kunlar keladiki, viza masalasi bunday do‘st, birodar xalq orasida bo‘lishi mumkin emas. Shunga biz albatta harakat qilamiz”, - degan Mirziyoyev.
O‘zbekiston rahbari Turkiya prezidentiga samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirgan.
“Fursatdan foydalanib qadrli do‘stim, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an janobi oliylariga samimiy mehmondo‘stlik va izzat-ikrom uchun yana bir bor chuqur tashakkur bildiraman. O‘z navbatida, Turkiyaning muhtaram prezidentini o‘zlari uchun qulay fursatda O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirishga taklif qilaman”, - dedi O‘zbekiston prezidenti.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026