Sport | 20:00 / 26.10.2017
17205
2 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» ofsayddan urilgan gol evaziga «Bunyodkor»ni yengdi

Bugun Oliy ligada 26-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Turning markaziy bahsi «Paxtakor» va «Bunyodkor» o‘rtasida kechdi.

Teng kurash kechgan o‘yin oxirida hakamlar xatosi «Paxtakor»ga yordam berdi. O‘yinni boshqargan A.Asimov «sherlar» himoyachisi Kamoliddin Tojiyev tomonidan 85-daqiqada urilgan golni hisobga oldi va bu gol o‘yin taqdirini hal qildi.

Gol urilgan vaziyatda Tojiyev o‘yindan tashqari holatda qolib ketgandi.

Bu g‘alabadan keyin Shota Arveladze jamoasi ochkolari sonini 50taga yetkazib, uchinchi o‘rinni mustahkamladi. «Qaldirg‘ochlar» jamoasi esa 45 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qolmoqda.

Oliy liga, 26-tur
«Paxtakor» – «Bunyodkor» 1:0

Gol: Kamoliddin Tojiyev 85, - 1:0.
«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Marko Simich, Kamoliddin Tojiyev (s), Xojiakbar Alijonov, Akbar Ismatullayev, Jamshid Iskanderov, Tiago Bezerra, Jasur Yaxshiboyev (Suhrob Nurullayev, 73), Gidi Kanyuk (Sherzod Karimov, 82), Igor Sergeyev
«Bunyodkor»: Suhrob Sultonov, Akrom Komilov, Anvar G‘ofurov, Rustam Ashurmatov, Dilshod Ahmadaliyev, Javlon Ibrohimov (s), Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov (Vohid Shodiyev, 85), Shoxrux Gadoyev (Davron Umirov, 53), Dostonbek Hamdamov, Shahzodbek Nurmatov (Shoxruz Norxonov, 71).

Mavzuga oid