Sport | 20:50 / 26.10.2017
28628
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» va «Bavariya» shov-shuvli transferga tayyorlanmoqda

«Real» klubi «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskini qo‘lga kiritmoqchi.

AS xabariga ko‘ra, klublar polshalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokarani boshlab yuborgan. Qirollik klubi mavsum oxirida uni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Kelishuvning narxi hozircha ma'lum emas.

Avvalroq, Robert Levandovski «Bavariya»ning transfer siyosatidan norozi ekanini aytgan edi.

Joriy mavsumda polshalik to‘purar 9ta o‘yinda 9ta gol urgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid