Jahon | 22:40 / 26.10.2017
9425
1 daqiqa o‘qiladi

Tillerson: Asad oilasining Suriyadagi boshqaruvi poyoniga yetmoqda

Foto:REUTERS / Yuri Gripas

AQSh Suriyani yaxlit holda ko‘rmoqchi, biroq prezident Bashar Asadga hukumatda joy yo‘q, uning oilasi boshqaruvi poyoniga yetmoqda, deb aytdi AQSh davlat kotibi Reks Tillerson. U bu haqda BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura bilan Jyenevadagi uchrashuvdan keyin aytgan.

"AQSh butun, yaxlit, Bashar Asad hukumatda hech qanday rolga ega bo‘lmagan Suriyani ko‘rmoqchi", deb aytgan Tillerson.

"Asad oilasining boshqaruvi poyoniga yetmoqda, yagona masala bu qanday amalga oshirilishi bo‘lib qolmoqda", deb qo‘shimcha qilgan Tillerson.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid